Rivojlanimoqchi bo’lgan har bir 18+ yosh inson o’qishi kerak bo’lgan kitoblar
Men asosan ingliz tilidagi kitoblarni o’qiyman.
Muammo shuki, zo’r kitoblar 99,999% qismi o’zbek tiliga tarjima qilinmagan.
Quyida menga kankret foydasi tekkan va o’zbek tiliga tarjima qilingan kitoblardan 3 tasi
Sotib olishga 100% arziydi, agar ularni o’qisangiz.
1-kitob: Factfullness, Hans Rosling
Birinchi marta Hans Rosling bilan 2011-yilda ko’rishgan edim. Dunyo haqida bizning fikrlarimiz naqadar xato ekanligi haqida ma’ruza o’qigan edi. Ana shunday ma’ruzalar to’plami va boshqa foydali ma’lumotlar keyinchalik kitob shaklida chiqdi. Dunyo qay darajada yaxshi tomonga rivojlanayotganini, asl vaziyat bizga ko’rsatilganidek yomon emasligini yaqqol tushuna olasiz
2-kitob: Vavilondagi eng boy odam, Richard Kleyson
Kitobni birinchi marta o’qiganmida 20 yoshlar atrofida edim. Sodda va qisqa hikoyalarni o’z ichiga olgan bu kichkinagina kitob shaxsiy moliyani o’rganishda, uni tartibga solishda poydevor bo’lib hizmat qiladigan bilimlar beradi. Undan tashqari shaxsiy rivojlanish haqida ham bir qancha foydali o’gitlar olsa bo’ladi.
3-kitob: Diqqat, Kel Nyuport
Bu kitobni barcha o’qishi kerak deb hisoblayman.
Umrimiz va miyamiz o’g’risi bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardan qutulib, vaqt samaradorligini oshirish va aqliy mehnatda yaxshi natijalarga erishishda aniq-tiniq ko’rsatmalar beradi.
Ayni zamondagi eng muhim bo’lgan ko’nikma – diqqatni jamlash – bo’yicha mana shu kitobni o’qish va unga amal qilish sizni mehnat bozorining top 1% ga chiqishingizga yordam berishiga ishonaman.
Bek Olimjon
“Balki foydasi tegar…”
Leave a Reply