Sabablari bir qancha bo’lishi mumkin.

Hammasini bir nuqtaga olib keluvchi sababi unga bolalikda ”sen qila olmaysan” deyishlari.

Butun umr shunga ishonib o’taveradi keyin.

Aslida katta natijalarga erishayotgan odamlar ham siz va men kabi insonlar.

2018-yil Norvegiyada bir rus hamkasbim ishdan haydalishiga bir bahya qolgan edi. Bemor davolashda o’ziga ishonchi juda past edi. To’g’ri fikrlasa ham qaror qabul qila olmas edi. Natijada noto’g’ri qarorlar qabul qilar edi. Vazni og’ir, jismonan juda nozik edi.

Haligi hamkasbimni bir amallab birga yugurishga ko’ndirdim. Ishdan keyin birga yuguradigan bo’ldik. Boshlanishiga 500 metr, keyinroq 3-4km. Yugurgandan keyingi endorfindan foydalanib 2 oylardan keyin bo’ladigan yarim marafonga yozilishga ko’ndirdim.

Birga yugurdik, rosa qiynaldi u. Ohirgi 5-6 km yonida yugurib motivatsiya berib turdim. Amallab tugatdi.

Qizig’i keyingi haftasidan boshlandi. Ishida ancha ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. O’ziga loser deb qarashni to’xtatgani sezildi. Sababini so’radim.

”Men hech qachon qila olmayman deb o’ylagan narsamni qila oldim. Umrimda marafon yugura olishimga ishonmaganman. Demak men o’zimga sun’iy chegaralar qo’yganman. Yengib o’tsa bo’lar ekan. Kunimdagi chegaralarni aniqlab, birma-bir olib tashlashga harakat qilyapman hozir. Birga yugurgan marafonimiz o’zimga bo’lgan ishonchimni orttirdi” dedi.

Men yarim marafon yugurishni odamni o’ziga bo’lgan ishonchni orttirish eng tez usuli deb bilaman. Har qanday sog’lom bo’lgan yosh odam (semiz bo’lsa ham) buni uddasidan chiqa olishiga ishonaman.

Asosiy muammo odamni o’ziga bo’lgan ishonchsizlikda.

6 haftalik tayyorgarlik bilan qilsa bo’ladi.

Mana shu postni uzunroq variantini Bek Olimjon Akademiyasi pullik obuna kanalida qo’ygan edim. Aprel oyi ichida yarim marafonni birinchi marta yugurganlar soni 8 yoki 9 ta bo’ldi.

”Qila olaman desangiz ham, qila olmayman desangiz ham siz haqsiz”

Bek Olimjon
10.05.24
Mallorca, Ispaniya