Soat 14:30
Ohirgi marta 20 soat oldin ovqat yeganman.
Tashqarida qor, bugun 31-dekabr, issiq kofe tayyorladim. Ikki piyola ichdim. Telefon titkiladim. Tanish va notanishlardan tabriklar, do’stlardan shahlik rasmlari, yangi yil dasturxoni va hok.
Men esa kechki ovqatdan oldin yugurishim kerak. Bugun har kungidan ko’proq, chunki yangi yil, boshqalar bayram nishonlamoqda.
Tashqariga chiqaman. Oppoq qor, minus 12, shamol. Butun vujudim va ruhim issiq uyga qaytib kirishimni hohlaydi. Yugurishni aslo hohlamayman. Ortga qaytsam vujud rohat oladi, ruh esa kechga borib qiynalishni boshlaydi. Buni bilaman. Bir necha bor boshdan o’tgan.
Eng qiyin qismi birinchi km. Sovuq, shamol yuzga uradi, o’ta yoqimsiz, telefon ting’illaydi, yo’ldan o’tgan mashina atayin asabga tegish uchun menga yaqin yurib o’tayotgandek.
Davom etaman. Ikkinchi km. Har doimgi o’rmon yo’lga kiraman. Sovqotish to’xtaydi. Kayfiyat sal yaxshilanadi.
To’rtinchi km, menga berilgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanyapmanmi degan savolni o’zimga beraman. Javob esa ijobiy emas.
Oltinchi km, to’xtab 3-4 ta rasm olaman. Qanday qilib ko’proq foydali bo’lish haqida o’ylayman.
7-9 km, o’zimizni nega qiynashimiz muhim ekanligini yana bir bor anglayman. Rivojlanish yagona yo’li qiyinchilikni yengib o’tish. O’zingdan o’zing qoniqadigan hayot yashab o’tdingmi bugun? Nechta odamga yordam bera olding? Hikoyaga arzigulik bo’ldimi bugungi kuning? Ertaga farzandlar va nabiralarga aytib beradigan darajada hayot bo’ldimi bugun?
Yoki har yili takrorlanadigan, bir xillikdan iborat, undan kelgan tabrikni bunga yuborish bilan, bang’illag’u, televizordagi ahmoqona konsertlar bilan o’tyaptimi kuning? Balki ”dos’tlar” bilan qo’lbola shashlik qilib, ko’ra ustida 50 tadan olinyatgandir ham. Yo’q, ulardan voz kechganimga ancha bo’lgan.
Soat 10km masofa haqiad xabar beradi. Uyga yaqinlashib qoldim. Onamga qo’ng’iroq qilishim kerak hozir. Rejada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’p.
Ertaga birinchi yanvar. Nega bugundan boshlamasligim kerak?
Hammani kirib kelgan, o’tib ketgan, kirib kelayotgan, o’tib ketadigan 31-dekabr bilan azizlar.
Bek Olimjon, 31.12.23
Norvegiya
Leave a Reply