Yangi yil kelmoqda. 1-yanvardan “u qilishni boshlayman, bu qivoraman”, “ingliz tili o’rganvoraman”, “menam chet elda zo’r mutaxassis bo’laman” degan rejalar qilyapsizmi siz ham? Siz yolg’iz emassiz. Sizga o’xshagan yana minglab odamlar bor.

Yoki “Hozir SMM da soqqa vashe zo’r, men instagramni bilaman, SMM o’rganib, yorvoraman soqqa qilishni” deb turganingizda “Eee undanam zo’ru mabilagrafya, video qilasan sekundiga 1$ olasan, bitta iPhone 14 Pro Max bo’sa bo’ldi” deyaptimi do’stingiz? Siz yolg’iz emassiz. Ikkovigayam erisha olmasligingiz ehtimoli 100% ga yaqin.

Xo’sh, u hoh til o’rganish bo’lsin, hoh oddiy yugurish yoki kanal yuritish, yo millioner bo’lish. NEGA BIZ MAQSADIMIZGA ERISHA OLMAYMIZ? Sababi nima buni?

Bu postda shu savolga bitta burchakdan, kichkina fonarcha bilan yorug’lik tushirishga harakat qilamiz. Balki sal tushunarmiz. Bu post maqsadga erisha olmasligimiz asosiy sabablaridan birini yoritishga harakat qiladi.

Misol tariqasida med isntitutda o’qiyotgan bitta 2-kurs bolani olaylik. TasMIga grandga kirgan. U bola telegramda hamma savolga “ingliz tili o’rgan” deb javob beradigan bitta do’xtirni kuzatadi. Ingliz tili o’rganish muhimligini tushungandek o’zi. Keyin bir kuni haligi “ingliz tili o’rgan” deydigan odamni qancha topishini eshitib, “Iye menam o’rgaman endi, chet elga boraman. O’zi darajam inter bo’lsa, tez o’rganvolaman va 4 oyda 7 olaman” deb qoldi.

Shu bolani til o’rganishdagi bosib o’tadigan yo’lini ko’rib chiqamiz siz bilan. Bu yo’lni tushunishimizga mana bu chizma yordam beradi bizga.

Yigit 1-punktda hozir. Uni “optimizm” bosqichi deb ataymiz. Chunki bolada kelajakka ishonch bor, optimizm bor.

O’zi darajasi “inter” edi, instagramda bir-ikki IELTS 8,5 sertifikatini ko’rsatib rasmga tushgan tutorlarni kuzatib borar edi. Shart bittasi bilan bog’landi va kursiga yozildi. Elementriga olishdi uni. Bir oy bordi kursga. Qarasa zo’r ketyapti. Yorvoryapti. 2-punktga yetib keldi. Buni punktni aslida “ahmoqlik cho’qqisi” deyiladi. Bizi qishlag’da bunga tomga olib chiqib shotisini olib qo’yish ham deyiladi. Mana shunday tomga chiqvolib tusha olmasdan yurganlar ham ko’p 🙂 (izoh: shoti bu narvon)

Bir kun haligi bola elementri kursdan chiqdi, qorni ochib ketgan edi, o’quv markazi oldida gumma pishiradigan joyda 4 ta gumma yeb tursa kursdan yana bitta qorni och bola chiqib, 2 ta gumma oldi va salomlashdi. Bizi yigit inglizcha gapirishga o’tdi. Salom-alik, “wassap bro?” deb turishsa, haligi 2 ta gummali bola yaqinda IELTSdan 5,5 olganini aytib qoldi. Bizi yigitdan ancha dadil gapiryapti. Vocabulary ham ancha boy. To’rtinchi gumma tomoqqa tiqildiyu, o’ziga bo’lgan ishonch “qishda svet yo’qligida akamlyatrga ulangan mator bilan gurillab yonib turgan gazni svet yonishi bilan bir pasda pasayib qolishiga o’xshab” sekundda so’ndiyu. (Toshkentliklar men nima deyayotganimni tushunmaysizlar baribir!)

Bizning yigit 3-punktga yetib keldi va pessimistga aylandi. Bu bosqichni pessimizm bosqichi deymiz. “E kursingayam …” devorgisi keldiyu, lekin keyingi oygayam to’lov qivorganda qiziqishda. Shu pul kuymasin deb o’qishda davom etdi. Endi gumma yegani ham chiqmay qo’ydi. Gummaxonani ko’rsa asabi buziladigan bo’ldi.

Kayfiyat yo’qligidan 3-paradagi “mikrob”ga ham kirmadi, ingliz tili kursiga ertaroq keldi. (izoh: mikrob – mikrobiologiya darsi) Derazadan pastga qarab, damaslarni sanaaab, xayol surib o’tirgan edi bittasi “izvinite?” deydi. Shunde qarasa “cho’tki, ketvorgan” bitta qiz turiptiyu. Zaryadchik so’rayapti, dugonasiga tel qilaman desa telefoni o’chib qopti. “Sizikiga tusharkan meniki” deb zaryadchigini berdi bizni yigit. Qiz telefonini zaryad qilgunicha minnatdorchilik va odamgarchilik yuzasidan (ozgina rahmi kelganidandir balki) sal atrofdan gaplashib turdi.

Suhbatdan ayon bo’lishicha qiz yaqinda EYLTS dan 7 olgan ekan. Uyalib qolmay deb ruschada duduqlanib turgan edi, qizni dugonasi keldi. Tuppa tuzuk o’zbekcha gapirarkan hali qiz. Keyin haligi qiz dugonasi bilan ingliz tilida sharillatib, huddi nativelardek gaplashib ketsa bo’ladimi?! Yigit butun vujudini quloqqa aylantirib u qizlar nima deganini tushunishga rosa harakat qildi, baribir tushuna olmadi. Bo’sh kelmadi lekin. So’radi haligi qizdan. Necha oyda bu darajaga chiqqanini so’radi. Qiz esa “oy deysizmi, 2 yil oldin boshlaganman ingliz tili o’rganishni, I am IELTS tutor now!” desa bo’ladimi.

Yigit “mengayam o’rgatiiiing” degisi keldiyu, o’zini qo’lga oldi, lekin xafsala o’ldi. Tushkunlikka tushdi, tushganda ham chuquriga tushdi. Oldingi ishonchdan atom ham qolmadi. Hech qachon u 7 ola olmayman endi deb o’yladi va bunga ishondi ham. U 4-punktga yetib keldi. Buni nomini “Tushkunlik chuquri” deymiz.

Juda ko’pchilik mana shu joyda taslim bo’lishadi. Taslim bo’lganda ham salbiy xotiralar bilan eslaydigan bo’lib taslim bo’ladi va maqsadidan voz kechadi. Hech qachon qaytib kelmaydigan bo’lib voz kechadi.

Ammo bizning gummaxo’r yigitimiz taslim bo’ladiganlardan emas. Bir tomondan qizlar gapini tushunmagani alam qilsa, ikkinchi tomondan “nega men qila olmas ekanman” degan ovoz ichini yondirmoqda edi.

Davom etadi yigit, bilim olishda, tirishishda, harakatda davom etadi. Ikki-uchta mikrob paralariga qo’shib, bitta-ikkita tarix darsiga ham kirmay qo’ydi. Ingliz tili o’rganishda davom etadi. Endi “wassap bro?” deb ko’rishmayapti 2 ta gummali yigit bilan. Do’st bo’ldi ikkalasi. Birga dars qilishga tushdi. Bizning yigit bilmasligini tushunib yetgandek bo’ldi, lekin Robbinsni o’qisa tushunyapti endi (izoh: Robbins bu tibbiyot talabalari uchun madhiya kabi yod bo’lib ketadigan, o’lik hujayralar va to’qimalarni o’rganadigan kitob nomi). U tushunishni boshladi, o’ziga ishonchi ortdi va ingliz tili o’rganish oson emasligini anglab yetdi. Endi u 5-punktga keldi. Bu punktni “Anglash punkti” deymiz. O’rganish osonroq bo’lishni boshladi. Mikrobdan o’tgan mavzularini qaytarib, NB larni topshirib (4 pachka qog’oz bilan qo’shib), gruppadoshlariga yetvoldi gummaxo’r tushmagur!

Harakatda davom etdi, qishi bilan mehnat qildi, svet o’chsa shamda o’tirvolib listening qildi, shapkani bostirvolib ko’zni yumvolib speakingdan practice qildi g’oyibona examiner bilan. Bahor ham keldi. Bola 7,5 oldi. Endi chetga chiqamanga qat’iy kirishib qoldi.

USMLE ga qiziqdi. Avvalgidek YUSMAYL demaydi endi u. Biladi uni nima ekanligini. Kursga boraman dedi. Kurs pulini esa IELTS tutorlik qilib topdi. Kursga yozildi va birinchi darsga bordi Robbinsni qo’ltiqlab…

Shunde eshikdan kirsa haligi zaryadchik so’ragan qiz birinchi partada, derazadan tashqariga qarab xayol surib o’tiriptiyu. Yonidagi joy esa bo’sh. Vataayt. Gummaxo’rda ishonch bor endi. Chunki mehnat qilsa oldiga qo’ygan maqsadiga erisha olishini biladi u. Qiz bilan chiroyli qilib o’zbekchada salomlashdi. Ruchchalab o’tirmadi. Shevasiniyam berkitmasdan “eshigdegiladan so’rasek” dedi. (izoh: Anjanchasiga “eshigdegiladan so’rasek” deyish – “oila-ahlingiz tinchmi?” deyish bilan barobar)

USMLE boshlashdi birga. Birga dars qiladigan bo’lishdi. Telegramda “o’zi o’chib ketadigan” messagelar ham yozib qo’yadigan bo’lishdi 🙂

Bola 6-punktga yetib keldi. Bola IELTS tutorlik ham qilishda davom etdi. O’quvchilariga “xovliqishmastan o’qish senlar!” deb dakki beradigan bo’ldi.

Bizning gummaxo’r yigit kelgan bu 6-bosqichni “maqsad” bosqichi deymiz. Yigit davom etdi, bir xilda davom etdi, mehnat qilishda, yaxshi o’qishda davom etdi. Shu bilan bir vaqtda telegramda kechasi soat 1-2 gacha “o’zi o’chib ketadigan essaylar” yozish bilan, “speaking practice” bilan band bo’ldi ham. Lekin soqqani qilyapti yigit. IELTS tutorlikdan USMLE tutorlikka o’tgan hozir. Kamfo’rt zonada, iPhone 13 bor, puli yetarli o’ziga. Yaqinda to’yi bo’vorishi ham mumkin yesli cho’.

AGARDA, shu bola komfort zonasiga kirvolib, telegramda kechalari bilan o’tirmasdan, yanayam o’sishga harakat qilganida edi, anavi rasmdagi ko’k strelkadagidek yuqoriga intilgan bo’lar edi. Mayli, insonni 25 yillik instagram miyasi, million yillik testosteron miyasiga hukmronlik qilishi oson ish emas.

Tepadagi chizmaga e’tibor beraylik. Bizning “gummaxo’r slash tutorimiz” 1-bosqichdan to 6-bosqichgacha keldi. U maqsadiga qisman bo’lsada erisha oldi. Maqsadi 7 olish edi. Erishdi unga.

Juda ko’pchilik 4-bosqichda taslim bo’ladi va voz kechadi. Oradan ko’p o’tmay boshqa sohaga o’zini uradida yana 1-bosqichdan boshlaydi, 4-bosqichgacha keladi, taslim bo’ladi, tashlab ketadi va hok. Sikr takrorlanaveradi shu bilan. U nemis tili o’rganib ko’radi, videomontaj qilib ko’radi, targeting bilan ishlamoqchi bo’ladi va hok. Xullas tushundingiz, hech qay birida natijaga erisha olmaydi.

Juda ko’pchilik 5-bosqichga o’ta olmaydi. Aksar insonlarda yetarlicha mehnat va sabr yetishmaydi, tez taslim bo’lishadi.

Gummaxo’rdek bo’laylik azizlar!

Bek Olimjon 18.12.23 Norvegiya

PS: Bugun ishdan chiqib gumma yegani borsammikin poytaxtga? 🙂