O’zbekiston aholisining 53% qismi, 19 million inson 25 yoshgacha bo’lganlarni tashkil etadi.
Juda katta potensial, katta ish kuchi.
Sanoat, turizm yoki boshqa sohalar bilan aholining bu qadar katta qismini ish bilan ta’minlash imkonsiz masala.
Har bir inson katta yutuqlarga erishishdan oldin, avval o’zi, keyin oilasi, keyin yaqin atrofidagilar moddiy va ma’naviy holatini yaxshilashga harakat qilishi muhim.
99% ehtimol bilan siz ana o’sha 19 milliontadan bittasisiz.
Qanday qilib moddiy holatni yaxshilash mumkin? Bilim orqali. Ma’naviy holatni esa bilim bo’lmasa moddiy boylik bilan yaxshilab bo’lmasligi aniq.
Xo’sh nima qilish kerak?
Bilim olish kerak.
Yaxshi xabar shuki, bilim narhi butun insoniyat tarixida hozirgidek arzon bo’lmagan.
Hozir chet qishloqda qorong’i xonada, ko’rpani ichiga kirvolib telegram ko’rayotgan 15 yoshli bolaning zamonaviy bilimlarni olishga bo’lgan imkoniyati bundan 70 yil oldingi dunyoning eng boy insonidagi imkoniyatlardan ko’ra ko’proq.
Quyidagi ikkita narsani o’rganish sizning va atrofingizdagilar kelajagini ijobiy tomonga tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.
- Mustaqil bilim olishni o’rganish
- Ingliz tilini o’rganish
Qanday soha tanlashni, nima ish qilishni, kimga shogird tushish va hokazolar haqida bosh qotirishni to’xtatib mana shu ikkita narsaga asosiy e’tiborni qaratish muhim deyman. Agar siz ingliz tili bilgan inson sifatida mustaqil bilim olishni bilsangiz 90% sohalarda jamiyatning yuqori 10% qismiga bemalol chiqa olasiz.
Nega ingliz tili? Sababi hozirgi kunda zamonaviy bilimlar ingliz tilida. Qachonlardir fransuz tilida bo’lgan, yana qachonlardir arab, fors tillarida. Siz bilan biz o’lgunimizcha ingliz tili fan va rivojlanish sifatida dominant bo’lib qoladi.
Nega mustaqil bilim olishni bilish muhim. Chunki zamonaviy bilimlarni sizga berishlarini kutish kerak emas endi. Avvallari universitetga borish, ma’ruzani tinglash, darsga qatnashish va hokazolar kerak edi. Bugun unday emas, hammasi internetda tekinga bor.
Shovqinga berilmaslik muhim. O’zingiz fikringiz bo’lishi muhim. Mustaqil bo’lishga harakat qilish muhim. Boshqadan yordam kutmaslikni o’rganish muhim. Bilimli bo’lish muhim.
Bek Olimjon
27.10.23
Norvegiya
Leave a Reply