Bugun yana aeroportdaman. Yana sayohat kuni. Negadir shu yo’lda bo’lsam fikrlar tartibga tushadi.
Bugun Norvegiya g’arbiy sohilidagi go’zal Bergen shahriga borib kelaman. Bir klinika bemorlarni ko’rib berishni iltimos qilgan. Samolyotiniyam qilib berar ekan kerakli odam bo’lsangiz 😁
Xullas post boshqa mavzuda.
Oxirgi marta O’zbekistonga borganimda oftalmologlar uchun Toshkentda va Andijonda kurs tashkil etgan edim. Unda 50 dan ortiq oftalmolog qatnashgan edi.
O’sha kursni tashkil qilish jarayonida keyinchalik kursni online tarzda pulga sotish rejasi ham bo’lgan. Kursdan 50 million so’m topish rejasi bor edi. Ammo Uzbda online kurslarni sotish imkoniyatini beradigan tuzukroq platforma topa olmagan edik. Borlari bilan texnik xatolarga duch kelgan edik.
Online sotish uchun vaqt ko’p ketgani uchun Oftalmolog Uz kanaliga tekinga qo’yib yubordim keyin. Chunki asosiy maqsad pul topish bo’lmagan. U shunchaki reja edi va o’zim uchun ”shuni qila olarmikinman” degan challenge edi.
Keyin oradan bir oz vaqt o’tdi. Norvegiyada tanish hamkasblar shunday kursga ehtiyoji borligini suhbat davomida aytib qolganda ”menda borda bunaqasi” deb o’zbek tilidagi youtube kanalga link tashlab berdim. Interaktiv ekanligini ko’rib ko’pchilikka ma’qul bo’ldi. Keyin ana shu kursni soddalashgan va qisqartirilgan variantini o’tib berishni iltimos qilishdi. Yo’q demadim.
Natija esa dastlabki 50 million so’mdan ko’ra aaancha yaxshiroq bo’ldi 😁
Bu voqeani tahlil qilsak qanday xulosalar chiqarishimiz mumkin?
Men chiqargan xulosalar quyidagilar:
– niyatni xolis qilish muhim
– biz qilgan reja o’xshamay qolsa tushkunlikka tushmaslik yoki shikoyat qilmaslik muhim. (Chunki biz bilmagan holda biz hohlagandan ko’ra ko’proq natija bo’lishi mumkin)
– biz boshqara oladigan omillarga fokus qilish muhim (Misol ishlamagan platformalar haqida o’ylagandan ko’ra)
– imkoniyat qachon paydo bo’lishini bilmaymiz. Shunga tayyor bo’lish muhim (ayrimlar buni omad deyishadi)
– asosiy maqsadni pul topish bilan cheklamaslik muhim (agar shunday bo’lganida motivatsiya o’lgan bo’lar edi va boshqa kurslar qilish haqida qaytib o’yalamas edim)
– o’z sohasi mutaxassisi qadr topadi
29.11.2023
Norvegiya
Leave a Reply