Tibbiyotda ”uy ichi havosi ifloslanishi” (indoor pollution) degan tushuncha bor.

Dunyoda 2,4 milliard odam uy ichida ochiq olovda o’tin, dizel, ko’mir, tappi kabilarni ishlatish orqali kun kechiradi.

Bunday yoqilg’i turlari zaharlanishdan tashqari pnevmoniya kabi kasalliklarga sabab bo’ladi.

Har yili 3,2 million odam aynan mana shu muammolar sababli o’ladi.

Shular ichida kamida 250 mingtasi 5 yoshga to’lmagan bolalar.

Kattalarda astma, yurak infarktni va hokazo kasalliklarga sabab bo’ladigan omil bu.

Nega Uzb kabi davlatlarda qishda ”shamollash” kabi kasalliklar ko’p uchraydi. Sabablaridan biri uy ichki havosini zaharlanishi. Zaharli tutundan nafas olish.

Ohirgi vaqtlarda g’arb davlatlarida parafinli shag’amni insonga zararli ekanligi tushunib yetildi va uni o’rniga ko’p restoranlarda sun’iy shag’am ishlatilmoqda (LED lampochkali).

Indoor pollution jiddiy muammo. Yechimi nima uni? Toza yoqilg’i turlariga o’tish. Uning yechimi esa avval jamiyat iqtisodiy holatini, keyin esa ma’naviy holatini yaxshilash.

Hozirgi kundagi o’rtacha odam uchun o’z iqtisodiy holatini yaxshilashning yagona usuli bu bilim olish.

Oldingi postda ham yozdim. Uzb aholisining 19 milliontasi 25 yoshgacha bo’lganlar. Bular aksariyati uchun iqtisodiy holatni yaxshilash yo’li ish kuchi yetishmayotgan davlatlarga borib ishlash va o’qish. Imkonini qilib miyani ishlatib pul topadigan sohaga, agar buni imkoni bo’lmasa muskulni ishlatib pul topadigan sohalarga borish zarur. Miyani ishlatadigan sohalarda ehtiyoj katta, raqobat esa kamroq.

Avval inson o’zini o’zgartirishi kerak, keyin oilasini o’zgartirishga harakat qilishi kerak.

Inson hayotidan maqsadi o’zi va atrofdagilarni keraksiz azoblanishdan qutqarishga qaratilgan bo’lishi kerak.

Bek Olimjon
29.10.23
Norvegiya