Bizning e’tiborimiz va vaqtimizni pullashadi. E’tiborimiz orqali bizdan foydalanishga harakat qilishadi. Butun boshli reklama dunyosi bizni e’tiborimizni tortishga, vaqtimizni va oqibatda pulimizni olishga asoslangan.
Inson miyasi minglab yillar davomida o’zini xatardan himoya qilishga asoslangan. Shuning uchun ham kelajakka nisbatan pessimistik qaraydiganlar ko’proq uchraydi.
Xatar bu inson hissiyotlarini tez uyg’otadi. Shuning uchun ham yomon xabar tez tarqaladi.
Bizning bu xislatimizdan o’z biznesi yoki egoistik maqsadlarida foydalanuvchilar juda ko’p.
Afsuski biror ma’lumot yoki xabarni eshitsak va u xabar bizning bugunimiz va kelajagimiz uchun muhim bo’lsa, uni atroflicha o’rganishga harakat qilmaymiz. Bizga kerak bo’lmagan, na foydasi, na zarari bor mavzu uchun soatlab vaqtimizni, umrimizni sarflashga rozimiz.
Internetda har qanday ma’lumotga ishonib ketaveradigan, manbasini, hujjatini surishtirmaydigan, o’zi fikr qilmaydigan manqurt bo’lib qolmaslikka harakat qilish muhim.
Umid qilamanki yaqin kelajakda internet deganda faqat telegram, facebook, instagram yoki youtube ni tushunadiganlar soni kamayadi. Internetni bilimlar makoni sifatida foydalanuvchi, eng muhimi tanqidiy yondashgan holda bir nechta manbalardan ma’lumot qidirib, o’zi erkin xulosa chiqaruvchilar soni ortishiga ishonaman.
Bilaman bu o’ta optimistik qarash. Shunday bo’lsada, biror mavzu manbasi haqida fikr yuritadiganlardan ko’ra, u mavzu haqida fikr bildirgan shaxslarni muhokama qiladiganlar kamayishidan umidim bor.
Optimistlik muhim!
Bek Olimjon
06.05.23
Norvegiya
Leave a Reply