Onam: ”Bolam men bitta kitob o’qiyappan. Zo’r kitob ekan. Siz ham o’qisez bo’larkan”
Men: ”Nima haqida ekan, aya?”
Onam: ”Kitob o’rganish ilmi haqida ekan. Berilgan ma’lumotlar aslida oddiy, lekin ko’pchilik o’rganish davomida umuman e’tibor bermaydigan jihatlar haqida ekan. Misol uchun kitobda
Ilm olishda nimalarga e’tibor berish kerak, maqsadni qanday qo’yish kerak, nimani birinchi o’rganish kerak, o’qishni qanday rejalashtirish kerak, ustozni qanday tanlash kerak, bilim olishni yaxshilash uchun qanday ovqatlar yeyish kerak kabi mavzular oson tilda yozilgan ekan.”
Butun zamonaviy bloggeru-vloggerlar, biznes trenerlaru-kouchlar tirikchiligi haqida ekanu bu kitob dedim 😁
Men bir necha yillar oldin ko’zim tushgan edi bu kitobga. Uncha e’tibor bermagan ekanman. 1947-yilda chop etilgan kichikkina kitob, ingliz tilidagisi tahminan 50 varaqdan iborat. O’qib chiqdim o’tgan kuni. Haqiqatdan ham yaxshi yozilgan. Onam tavsiya qilyaptimi demak yaxshi kitobligi aniq. O’qimasdan ham tavsiya qilvorsam bo’lar edi aslida 😊
Kitob muallifi Imom Al-Zarnujiy. Kitobni o’zbekchaga ”Ilm olish sirlari” deb tarjima qilingan ekan.
Inglizcha nomi ”Instruction of the Student: The Method of Learning”.
O’zbekchasini Asaxiy kitoblaridan sotib olsa bo’lar ekan. Mana bu link orqali, narxi 2 ta katta somsa puli.
Kitobda somsa yeyishni bilim olishga qanday ta’sir qilishi haqida ham yozilgan 😊
Bek Olimjon
Leave a Reply