Time managementni o’rganishga qiziquvchilar juda ko’p. Time management bu ohirgi vaqtda trendagi mavzulardan. Bir nima qilib, hokus-pokus bilan kunini rejalashtirsayu, qandaydir sehrli kalit topiladi va qisqa muddatda hammasi shokolad bo’ladi, tezda muvaffaqiyatga erishiladi.

Bir narsani aytaman. Bunday sehrli kalit yo’q va bo’lmaydi. Muvaffaqiyatga tez erishilmaydi. Haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uzoq vaqt davomida tinimsiz mehnatni talab etadi. Sabrni, taslim bo’lmaslikni, o’ziga bo’lgan ishonchni yo’qotmaslikni, yordamga hech kim kelmasligini tushunib yetishni, bir kun hammasi g’oyibdan yaxshi bo’ladi degan fikr noto’g’ri ekanligini tushunishni talab etadi.

Agar oldinga qo’yilgan maqsadga erishishni yetarlicha hohlasak, time management haqida o’ylash kerak emas. Hohish kuchli bo’lsa vaqt har doim topiladi, 100%. Vaqt bo’lmasa hohishni deb oila yoki jamiyat oldidagi majburiyatlardan voz kechilmaydi, balki uyqudan voz kechish afzalroq.

Rasm imtihonga tayyorgarlik vaqtidan…

Bek Olimjon