Yaqinda yangi bir loyiha boshladik. 

Yevropa davlatlarida Specsavers degan optika do’konlari bor. U katta tarmoq bo’lib, faqat Norvegiya o’zida 82 ta optika do’konlari bor. Hozirgi kunda Norvegiyada 1,7 milliondan oshiq mijozlari bor (Norvegiya aholisi 5,3 million). Ana shu Specsavers bilan telemeditsina bo’yicha yangi loyiha boshladik. Avvallari optikada faqat ko’zoynak va linzalar taklif etishar edi. Hozir ham asosiy biznesi shu, lekin ular ko’zning boshqa kasalliklari, misol uchun to’r parda kasalliklarini ham tekshirishni yo’lga qo’yishgan. 

Optikada ishlovchi optometristlar oftalmolog bo’lmagani uchun ko’zning barcha kasalliklaridan xabardor emas. Ular asosan 3 yil bakalavr o’qishadi va ko’zoynak, linza tanlashga ixtisoslashgan bo’lishadi. 

Loyiha shundan iboratki, optometristlar bemorlarni tekshirishadi, to’r pardani rasmga olishadi, ko’zni kompyuter tomografiya qilishadi. Yaxshi o’qigan bo’lgani uchun ko’p kasalliklarni tushunishadi. Ammo birorta savol bo’lsa, tushunmagan joyi bo’lsa oftalmologga internet orqali savoli va tekshiruv rasmlarini yuboradi. Men esa oftalmolog sifatida ular savoliga javob beraman va keyingi taktikani belgilab beraman. Barcha 82 ta optika do’konlarida ishlaydigan 300 ga yaqin optometrist bilan ishlayappan. Maqtanib aytganda butun Norvegiya bo’ylab konsultant-oftalmolog bo’lib ish boshladim. Bu ayni vaqtdagi parallel ketayotgan 4 ta ishdan biri bo’ldi 😊

Eng mazza joyi menga qulay bo’lgan paytda, internet bor hohlagan joydan turib ishlayappan. Shunaqa gaplar. Hammaga xayrli kun tilayman.