Shunchaki statistika, e’tiborga arzimaydigan ma’lumotlar haqida post
Bir sayt bor, dunyo davlatlari salomatligi reytingi haqida ma’lumot beradigan. Shu saytda men turli davlatlar salomatligi qay tarzda ekan deb qiziqib qarab turaman. Shifokorlik kasbim o’lim asosiy sabablari nimada ekanligi haqida bilishni talab etadi.
Biz nima bo’yicha nechanchi o’rinda ekanligimiz va o’limga olib keluvchi asosiy kasalliklar qaysilar ekanligi haqida qisqacha…
Saytdagi ma’lumotlarga ko’ra bizda o’limga olib keladigan Top 10 sabab:
- Yurak koronar arteriya kasalligi (yurak infarktiga olib keladi)
- Insult
- Yuqori qon bosimi
- Jigar kasalligi
- Qandli diabet
- Buyrak kasalligi
- Influenza va pnevmoniya
- Ko’krak saratoni
- Avtohalokat
- Oshqozon saratoni
Biz infarktga sabab bo’luvchi koronar yurak kasalligi bo’yicha dunyoda 4-o’rinda ekanmiz. Birinchi o’rinda Turkmaniston, 2-o’rinda Qirg’iziston, 3-o’rinda Yaman.
Yuqori qon bosimi bo’yicha esa 3-o’rinda. Birinchi o’rin Seyshel orollari, ikkinchi o’rinda esa Fiji ekan.
Ro’yhatdagi Top 5 kasallik sabab o’limlar jami o’limlarni 67% qismini tashkil etar ekan. Shundan 42% koronar kasallik sababli bo’lsa, 11% insult, yuqori qon bosimi 7% va hokazo ekan. Davlat statistika qo’mitasi bergan ma’lumotga ko’ra jami o’limlarning 61,7% qismi qon aylanish tizimi kasalliklari (insult, infarkt, qon bosim va hok) sabab ekan. Bu kasalliklar 2021 yilda 107 666 ta o’limga sabab bo’pti.
Mindey yaqinroqdan qarasak Top 5 bu asosan yemish, aniqrog’i noto’g’ri yemish, chekish, kam harakatlilik va hok sabab kelib chiqadigan kasalliklar ekan. 😔
Bu shunchaki raqamlar xolos, e’tibor bermaymiz.
Leave a Reply