“Hali bu xalq kelajagidan umid uzilmagan. Maqsadi aniq, romantizmga berilmagan va harakatchan yoshlarni xalq uchun yordami katta bo’ladi hali. Bunday insonlarga faqat va faqat muvaffaqiyat tilash kerak va muhimi ijtimoiy bosim o’tkazmaslik kerak.”
Telegram postlarimdan birida yuqoridagi gaplarni yozgan edim. Ko’pchilik ushbu gapdagi “romantizm” so’zi bilan nima demoqchi bo’lganimni so’rashdi. Ularni tushunmaganligi aslida bu meni xatoim. Biror fikr yozganda auditoriyaga tushunarli qilib yozish, fikr bildirayotgan odam vazifasi.
Xullas romantizm deganda nima demoqchi bo’lgan edim? Romantizm degan so’z balki lug’atda yo’q hamdir 😊 Ingliz tilida ”romanticize”, rus tilida ”романтизировать” degan so’z bor. Bu so’zning meni xayolimdagi taxminiy mazmuni quyidagicha: ”vaziyatlarni xayoliy ideallashtirish, aslida real xayotdan uzoqda bo’lgan vaziyatlarda o’zlarini tasavvur qilish, vaziyatni asli kabi emas, bo’rttirib fikrlash yoki tasavvur qilish, biror bir hodisani faqat ijobiy tomonini o’ylab, salbiy tomonlarini inkor etish, vaziyatga baho berishda unga ta’sir qiluvchi barcha faktorlarni inobatga olmagan holda, o’ta optimistik yondashuv va hok”.
Balki bir xayotiy misol bilan keltirsam yanada tushunarliroq bo’lar. Ikki hafta avval men va bir shifokor talaba orasida bo’lgan suhbat taxminiy mazmuni. (Pampers haqidagisini men qo’shdim 😊)
Samarqandda 5-kursni tamomlayotgan 24 yoshli yigit yetuk kardioxirurg bo’lmoqchi, Angliyada. Keyin vatanga qaytib kelib xalq xizmatini qilmoqchi, xususiy klinika ochib.
Ingliz tilini hali o’rganishni boshlagani yo’q. Institutni tamomlashiga 1 yil vaqt qoldi. Uyidagilar esa uni uylantirishmoqchi. Bola hali ishlamaydi, pul topmaydi. Uylanish harajatlarini barchasini ota-onasi qoplaydi. O’zi shu paytgacha kontraktda o’qidi. Yoqtirgan qizi med. institutda 2-kursni tamomlayapti. U ham kontraktda o’qiydi. Uylangandan keyin bola ota-onasi qizni kontrakt pulini ham to’laydi.
Oradan yarim yil o’tdi, bola 6-kurs yarmida, ingliz tili o’rganishni hali ham boshlamadi. 6 oydan keyin institutni bitiradi va shifokor degan diplomga erishadi. Hali ham Angliyada kardioxirurg bo’lmoqchi. Bu haqida ko’p gapiradi, orzular qiladi, yuragidagi nuqson sabab o’layotgan yosh qizni operatsiya qilib qutqarib qolayotganini xayol qilib, jilmayib kulib qo’yadi o’ziga.
Insitutni tamomlashga 3 oy qoldi. Ingliz tili o’rganishga endi vaqt qolmadi deydi o’z-o’ziga. Endi Rossiyada ordinatura o’tib kardioxirurg bo’lmoqchi. Bilsa u yerda operatsiya qilishni o’rgatmas ekan. Rossiyada diplom ovosam, kelib shu yerda shogird tushib o’rganvolaman deydi. Rossiyaga o’qishga yuboradigan agentliklar bilan gaplashishga tushadi. Ular 5 000 dollarga joylab qo’yamiz deydi. Orzu qilgan, unga erishishim kerak deydi. Ota-onasiga keladi yana, ko’zi mo’ltillab. Oz pul emas. Bilsa Rossiyada ordinaturaga kirish uchun bizni diplom o’tar ekanu, lekin bemorlar bilan ishlash uchun rus tili kerak ekan. Institutda 6 yil davomida rus tilini o’qimaganligiga pushaymon qilishni boshlaydi.
6-kursni tamomladi va diplom oldi. Qishloq vrachlik punktida ishlagani bormadi. O’ziga ep ko’rmadi. Chunki 2 million oylikka oila boqib bo’larmidi. Endi Toshkentda diagnostika bo’yicha o’qiyman va MRTchi bo’laman dedi. Chunki shunda soqqa ko’p ekan. Bir qancha million to’lab o’qishga kiradi va Toshkentga ketadi. 2-3 ta sherik bilan shaharni chotkiy joyidan kvartira topadi. Ijara haqqini bo’lishib to’laymiz deydi. Ota-onasi hisobidan yashashda davom etadi. 3 kun oldin 26 ga kirdi. O’rtoqlariga yaxshi dnyuxa qilib berdi.
Kelin 4-kursda o’qiyapti, 3 hafta oldin chaqaloqli bo’ldi. Pampers kerak. Kelin onasi qizini ko’rgani keldi va 4 pachka pampers tashlab ketdi…
Bek Olimjon
Leave a Reply