O’tgan kuni 6 oyga yo’qolib qolish haqida yozgan edim.

Odam 12 oyda qanchalik natijaga erishish mumkinligi haqida bu post.

Bir o’zbek yigit yozyapti:

«Assalomu aleykum aka yaxshimisz? Man rovno 1yil oldin maslahat so’rab yozgandim szga, Akfa bn Germany tanlovi o’rtasida.. Germanyga keldim Studienkolleg degan podkursini tamomladim va univerga topshirdim. Bugun javobi kelibdi Uni Münsterdan… Qabul qilinibman… Shu joyda szga rahmat aytmoqchiman, har doimgide biza yoshlarga motivation berasiz.. Endi silani ortiladan yurib yaxshi specialist bo’lish nasib qisin! Charitega ham topshirdim javobi kechro kelarkan.. Endi chance Münsterga bo’gan ekan. Germany tarafga kesez bir suhbatizni olaylik😊»

Bir yil davomida maqsadidan qaytmasdan, qiyinchilikka chidab, o’ziga ishonchni yo’qotmay, har kuni mehnat qilish orqali odam o’z kelajagini qanchalik o’zgartirishi mumkin.

Bu yigit o’zi va o’zidan keyin keladigan avlodlar kelajagini butunlay o’zgarishiga sabab bo’la olganiga men ishonaman.

Bu yigitda endi Germaniyadagi zo’r universitetda tekinga o’qishi, top-3 da klinikalarda oylik olgan holda mutaxassis bo’lish imkoni bor.

Kimlardir haligacha bir qarorga kela olmagan. Komfort zonasidan chiqishni hohlamaydi. O’zini ozgina qiynashni hohlamaydi. Til o’rganishni esa 3 yildan beri dushanbadan boshlamoqchi bo’ladi.

Vaqt tez o’tadi, umr bir pastda tugaydi. Biz bilan esa afsuslarimiz qoladi. Kimlargadir havas qilib o’tiraveramiz.

Bek Olimjon