Bir necha kun oldin quyidagi infografikani ingliz tilidagisiga duch keldim. Qidirib koʻrsam Rossiyadagi “Jamoatchilik fikri fondi” (Фонд «Общественное мнение») ga tegishli maʻlumotlarga asosnlanib ishlangan infografika ekan. Shunchaki qiziqarli boʻlsa kerak deb tarjima qildim va sizlarga ulashdim.

“Jamoatchilik fikri fondi” fondi Rossiyada jamiyatning turli qatlamlariga (boy, oʻrta va kambagʻal) “Muvaffaqiyatning asosiy sirlari nimada?” deb savol bergan va jamoat fikrini oʻrgangan. Unga koʻra muvaffaqiyatning asosiy sirlari haqida turli qatlamlar fikri orasida juda katta farq bor ekan. Boy qatlam muvaffaqiyatning asosiy sirlarini qattiq mehnat qilish, tadbirkorlik ruhiyati va jasoratli boʻlishda deb bilsa, kambagʻal qatlam muvaffaqiyatga erishish uchun dastlabki sarmoya, tanish-bilish boʻlishi yoki ayyorlik zarur deb hisoblar ekan. Dastlabki sarmoya boy qatlam uchun taʻlim yoki malakadan ustun emas ekan. Oʻrta qatlam fikri boʻyicha muvaffaqiyat siri yaxshi taʻlim, yuqori malaka va tanish-bilish boʻlishida ekan. Qiziq natijalar!

Bu shunchaki bir soʻrovnoma natijasi va bir qancha kamchiliklarni topish mumkin. Shuning uchun men qatʻiy xulosa qilishdan uzoqroqman aynan shu yerda. Ammo muvaffaqiyatga erishish sirlari haqidagi fikrlarni turlicha boʻlishi muvaffaqiyatga erishishida muhim omil ekanligini koʻrish mumkin. Yaʻni fikr natijani belgilaydi desak toʻgʻri boʻladi. Fikr muhim!

Ruschadagi variantini mana bu yerda koʻrish mumkin: http://revision.ru/work/52084

Bek Olimjon, 29.03.19