Ismlarimizda onalar nomi yo’q. Nega unday?
Bizda familiya, ism va sharif (otchestvo) ishlatiladi. Familiya ota-bobomiz ismidan olinadi, sharif esa otamiz ismidan. Barchasida erkaklar ismi. Ismlarimizda ona nomi tilga olinmaydi, hujjatlarda muhrlanmaydi. Nega unday? Bu rusiylar olib kirgan an’anami yoki undan avval ham bor edimi bilmayman, lekin men ismlarimizda onalar ismi bo’lishini hohlayman. Hech bo’lmasa qizlar ismida onalar ismi bo’lsa yaxshi bo’lar degan fikrdaman. Ota va ona ismi bo’lishi ham yaxshi fikr.
Ona taraqqiyotimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Onalar kuchli inson. Ana shunday kuchli insonlar doim parda ortida qolib ketishadi. Shaxsan men onam haqida gapiradigan gaplarim juda ko’p 😊
Qizim 4 yosh. Qizimga ism tanlashda uning familiyasiga bobosi ismini olganmiz. Familiyasi Olimjon. Sharifiga esa onasini ismini olganmiz.
Leave a Reply