Sobiq sovet davlatlarida, shu jumladan O’zbekistonda ham, foydasi isbotlanmagan dorilarni bemorlarga buyurish juda avj olgan. Bunga bir qancha sabablar bor. Ba’zan shifokorlar ustozidan o’rganganman deb yozsa, ba’zan ishlab chiqaruvchi tomonidan moddiy manfaatda.
Dorilar biror kasallikni tuzatishi yuqori sifatli tekshiruvlardan keyingina isbotlanadi. Bunday tekshiruvlarga juda ko’p yangi kashf etilgan dorilar javob bermaydi. Afsuski dori bozori kuchli nazorat qilinmaydigan davlatlarda foydasi aniqlanmagan dorilar keng tarqalgan bo’ladi.
Mana shu holat kimnidir joniga tekkan shekilli kimdir yoki kimlardir juda savobli ishga qo’l urishipti va bitta sayt yaratishipti. Unda siz dorini nomini kiritsangiz uni foydasi ilmiy asosga ega yoki ega emasligini bilib olish mumkin ekan. Undan tashqari dalillarga asoslangan tibbiyot nima ekanligi, dorini foydasi bor yoki yo’qligini aniqlash usullari haqida ham yaxshi ma’lumotlar berilgan.
Befoyda dorilarni bilib turib bersak ertaga javobini ham berishimiz kerak.
Mana bu saytda: https://mediqlab.com/
Leave a Reply