O’tgan kungi Instagramdagi savol-javobda berilgan savollarning ko’pi “Yoshim 25+, til o’rganishga/chet elda o’qishga/kasb almashtirishga kech qolmadimmi?” ma’nosida bo’ldi. Shuning uchun bugun hayotida hohlagan ishini kech boshlagan va muvaffaqiyatga erishgan mashhur insonlardan ayrim misollar yozmoqchiman.

Rasmlarda mashhur odamlarni ko’rish mumkin. Ular hayotda hohlagan ishni boshlash uchun hech qachon kech emasligiga yaqqol misol.

Ming afsuslar bo’lsinki bizning jamiyatda 25 yoshni katta yosh deb belgilovchi, 25 ga kirgan qizlarni esa “qari qiz” deb tamg’alovchi illatlar mavjud. 25 yosh bu hayotning endi boshlanishi, uning oxiri emas. Nafaqat 25 yoshda, balki 30, 35 va hattoki 40 yoshda ham hammasini boshidan boshlasa bo’ladi. Shuning uchun “men 25 ga kirdim, umrim o’tib qoldi, endi menga biror narsani boshlashga kech bo’ldi” degan fikrdagilarga murojaatim shuki, jamiyat illatini o’zingizga shior sifatida aslo qabul qilmang.

O’z hohlagan ishini boshlash uchun HECH QACHON KECH EMAS!