Bu post matonat, iroda, liderlik, shukronalik, qat’iyat va rahmdillik bir insonda bir vaqt o’zida mujassam ekanligini haqida.

Uning ismi Ike Iqbal Ahmed. Oftalmologiya sohasidan xabari borman degan har qanday odam bu insonni taniydi. U professor. Kanadada yashaydi. Dr Ahmed ko’zdagi eng qiyin bo’lgan operatsiyalarni qiladi. Doimiy yangiliklarni yaratish bilan band. Ajoyib inson va bilganini aslo qizg’anmaydigan ustoz.

U o’z LinkedIn sahifasida quyidagicha yozipti. Xato qilishdan qo’rqib tarjima qilmadim. Dr. Ahmed postini qisqacha, mazmunan yoritaman. Agar ingliz tilini tushunmasangiz Google Translate orqali tarjima qilib ma’nosini tushunish mumkin.

”O’tgan oyda qayiq halokati tufayli umurtqa pog’onamni va o’ng oyog’imni sindirib oldim. Men umrimda hech qachon bunchalik qattiq og’riqni his qilmaganman.

Eng shoshilinch va murakkab jarrohliklarni amalga oshiruvchi ko’z jarrohi sifatida, jarohatlarimga qaramasdan, bemorlarga yordam bera olish imkonini bergani ushun shukur qilaman. Men og’riqni qoldiruvchi dorilar ichishdan bosh tortaman. Zehnim o’tkir va diqqatim jamlangan bo’lishini hohlayman.

Menga yurishdan boshqa barcha jismoniy harakatlar (yugurish, egilish, o’tirish) ta’qiqlangan. Faqat yurishga ruhsat berilgan xolos. Oqsoqlab yuryappan, balki biroz ko’p yurayotgandirman (kuniga 20km)…

Ammo, men shukur qilyappan va hayajondaman. Nega? Chunki men qiyinchilikka, jangga tayyorman va bunga imkoniyatim bor. Ko’plab insonlar ahvoli menikidan ko’ra yomonroq. Men insonlarga yordamim tegayotganiga shukur qilaman…

Men yanada kuchliroq bo’lib tiklanishimga ishonchim komil. Hayot mag’lubiyatlardan, qiyinchiliklardan iborat. Buni ko’rish va tan olish insoniylikdir…”

Men oxirgi oy davomida tuzuk uxlay olganim yo’q. To’g’ri yurish qanday ekanligi esa yodimdan chiqqan…

”Struggles, setbacks and being grateful. Last month I fractured my spine in a boating accident, and also broke my right foot. I’ve never had more pain in my life 😢

As an eye surgeon who operates on some of the most acute and complex eye problems, I am grateful to be able to still help patients in need despite my injuries. I refuse to take pain meds as I wish to keep my mind sharp and focused 🧠

I have to wear a large brace to prevent me from bending, and I am not to run, lift, or workout. I hate sitting around and am permitted to walk (OK.. maybe too much, I do around 20km per day). It’s been refreshing and mentally liberating. Walking with a limp and for long distances has given me many blisters which are manageable, but now today, due to favouring my right foot, I now have a tibial stress fracture on my left leg and cannot walk much 😫

I haven’t had a good night’s sleep in more than a month and I forgot what it’s like to walk normally. Pain is like background noise — it’s just there💥

But… I am excited and grateful 🙏🏼 Why? Because I am up for fight. For a challenge. I’m grateful I have the means to do so, and can still work and function. Many, many people have it far worse than me. And, I know I will be even better and stronger than before! 💪🏽

Reality is that life is full of setbacks, failures, and struggles. Recognizing and admitting this is human. Learning and rebuilding from this is a gift. Most of all, the healing power of the love, positivity, support and kindness from so many of you is incredible ❤️

Yaratgandan Dr Ahmedga shifo tilaymiz.