Instagramda bir ukamiz yozipti.
“Assalomu aleykum Behzod aka
Siz meni eslay olmasangiz kerak. 1 yarim yilcha oldin sizdan maslahat sorab yozgandim, zavodda elektrik bolib ishlayman ingliz tilini organayabman oqish topshirish uchun Deb.
Siz menga hech narsaga chalgimasdan ingliz tiliga focus qilishni aytgandingiz
Bugun telegram kanalizda postingizni korib menham oz resultim (natijam) bilan bolishgim keldi”
Haqiqatdan ham men bu insonni tanimayman. Hozir eski DMlarni qarab chiqdim. Birinchi marta menga 2019-yil dekabr oyida yozgan ekan. Yoshi o’sha paytda 19 da bo’lgan bu ukamiz, zavodda elektrik bo’lib ishlashi, bizni YouTubedagi videolarimizni ko’rganidan keyin chet elda o’qish hohishi paydo bo’lgani va bunga hohishi kuchli ekanini yozgan ekan. Mendan nima qilish haqida maslahat so’ragan ekan. Bilganimcha maslahat bergan ekanman. Oradan 2 yil ham o’tgani yo’q. Menga 6.5 baho yozilgan IELTS sertifikati rasmini yuboripti. Bunday yutuq meni juda quvontirdi.
Aslida bu yigit endi chet elga o’qishga boradimi yoki yo’qmi ahamiyatsiz. Bu ukamiz endi o’zini oldiga qo’ygan maqsadiga erisha olishiga 200% ishonadi. Eng muhimi shu. Endi natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’ziga bo’lgan ishonchi o’ta yuqori. Bunday ishonch esa muvaffaqiyat garovi. Bu yigit hayotda muvaffaqiyatli inson bo’lishiga men ishonaman.
Leave a Reply