Ingliz tilini YouTube orqali o’rgansa bo’ladimi? Albatta bo’ladi va yuqori sifatli videolar chiqaradigan bir nechta kanallar bor. Bu postda ana shunday kanallardan 10 tasi berilgan. Kanallarni ko’ring, o’zingizga yoqqanini tanlang va o’rganishni boshlang.

Shu o’rinda yodda tutish kerak bo’lgan ayrim muhim narsalar.

  • Faqat YouTube ko’rish bilangina ingliz tilini o’rganib bo’lmaydi. Til bu MULOQOT VOSITASI, ya’ni til o’rganishda MULOQOT qilish kerak. Oddiyroq qilib aytganda gaplashish kerak. Shunday bo’lsada quyidagi kanallarda qo’yilgan videolar va ma’lumotlar sizga foydali ekanligiga ishonaman.
  • Bu kanallarning barchasi ingliz tilini ingliz tilida o’rgatadi. Til o’rganishning eng samarali usullaridan biri bu darsni 100% o’sha tilda bo’lishi. O’zbek tilida ingliz tilini o’rganishdan ko’ra ingliz tilini ingliz tilida o’rganish samaraliroq.
  • Kanallar biror tartibga asoslangan emas. Ya’ni birinchisi eng zo’r kanal degani emas. Hohlaganingizni tanlashingiz mumkin.

Ushbu postni balki foydasi tegar…