Muvaffaqiyatli odamlarning «sirlari» nimada ekanligini soʻralganda ularning deyarli barchasi beradigan javob bu ularning ustozlari borligi. Zamon tili bilan aytganda ular uchun «mentorlar» oʻta muhim ekanligini aytishadi.
Insonda yoʻl koʻrsatib turuvchi mentor boʻlishi haqiqatdan ham juda katta yordam beradi. Shaxsan menda ham har doim mentorlarim boʻlgan va ulardan juda katta yordam olganman.
Bu postda mentor aslida kim, mentor nima uchun kerak va agar sizda mentor boʻlmasa uni qanday qilib topish mumkinligi haqida qisqacha maʻlumot berilgan. Balki sizga foydasi tegar…

Mentor bu kim?
Oʻz tajribamdan kelib chiqib aytadigan boʻlsam men uchun mentor bu men oldimga qoʻygan biror maqsadga erishishimda oʻz maslahatlari bilan yordam bera oladigan, yoʻl koʻrsata oladigan inson. Muhimi oʻsha inson men oldimga qoʻygan maqsadga allaqachon erishganligi, shu sohada yetarlicha shaxsiy tajribasi borligi va maqsadga erishishning past-balandini boshidan kechirganligi. Turli xil maqsadlar uchun mentorlar har xil insonlar boʻlishi mumkin. Misol uchun bir inson biznes sohasida muvaffaqiyatli boʻlsayu, lekin sport sohasida men hohlagan maqsadga erishmagan boʻlsa u insondan faqat biznes borasida maslahatlar olishim mumkin. Sport sohasida esa aynan sprot sohasida muvaffaqiyatga erishgan insonga yuzlanishim mumkin. Karyera borasida ham shunday. Mentor bu oʻqituvchi emas. Oʻqituvchi – maktab, universitet yoki oʻquv markazida sizga taʻlim bergani uchun haq oladigan inson. Mentor esa hech qanday haq olmasdan tekinga maslahat beradigan insonlar boʻlishadi. Oʻqituvchi mentorlik qilishi mumkin, lekin odatda aynan mentorligi uchun siz unga haq bermaysiz. Oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishgan odamlar odatda juda band boʻlishadi. Shuning uchun ham mentor topish oson ish emas. Qanday qilb mentor topish haqida pastda yozilgan. Yaxshi mentor sifatlari nimalardan iborat.
- Muhim sifatlaridan biri bu sizga chin dildan yordam berishga tayyor ekanligi.
- Oʻz bilim va tajribasini kelajak avlodga qoldirishga intilishi
- Atroflicha oʻylab fikr bera olish qobiliyati (konstruktiv fikr bildira olishi)
- Yaxshi tinglovchi
- Yaxshi suhbatdosh
- Insonlarni va jamiyatni yaxshi tushunadigan inson
- Oʻz sohasida kuchli bilim va tajribaga ega
- Oʻziga ishonchi yuqori, lekin shu bilan birga kamchiliklarini yaxshi tushungan inson
Mentor nima uchun kerak?
Javobi oddiy. Sizga oʻz oldingizga qoʻygan maqsadga tezroq erishishga yordam berishi uchun. Sizda yanada yuqoriroq maqsadlar qoʻyish uchun motivatsiya berish uchun. Mentor oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda maslahat beradi. Tajribasi esa xatolarga asoslangan holatda shakllangan boʻladi. Mentordan maslahat olishim orqali menda xatolarni takrorlamaslik ehtimolim yuqori. Aytaylik, bir biznesga qoʻl urmoqchimanu, lekin bu biznes boʻyicha bilimim va tajribam yetarli emas. Rejamni va maqsadlarimni aynan shu biznes sohasidagi tajribali va muvaffaqiyatli inson bilan oʻrtoqlashsam va maslahatini olsam, mening rejam qanchalik xomligini, nimalarga eʻtibor bermayotganimni yoki nimalardan keraksiz darajada havotirlanayotganimni tushunishim mumkin. Agar shunday qilmasdan biznesni boshlaydigan boʻlsam, xato qilishim va natijada pulimni yutqazish ehtimolim oʻta yuqori. Xalqimiz maqoli bor: «Ustoz koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar» deyishadi. Aynan shu har maqomga yoʻrgʻalamaslik uchun ham, xato qilmaslik uchun ham, koʻp vaqt sarflamaslik uchun mentor (ustoz) juda muhim.
Mentorni qanday topish kerak?
Aytib oʻtganimdek muvaffaqiyatli insonlar katta tajribaga ega, oʻz ishlari bilan band va vaqti juda kam boʻladi. Aksiga olib ular bilan suhbatlashmoqchi boʻlgan odamlar soni esa juda koʻp. Aynan shunday insonlar mentorlik qila oladilar. Muammo shundaki ularning eʻtibori va vaqtiga erishish oson emas. Ammo hursand qiladigan joyi shundaki, oʻz mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan insonlar boshqalarni ham muvaffaqiyatga erishishlarini chin dildan hohlashadi. Ular uchun yanada koʻproq pul topish boshqa biror insonga chin dildan yordam berishdek zavq va hursandchilik bagʻishlamaydi. Aynan shu qismini tushunishga juda koʻpchilik qiynaladi. Aksariyat muvaffaqiyatli insonlarni baxtli qiladigan narsa bu boylik emas, balki boshqalarga yordam bera olganini his qilish. Ular atrofida imkoniyatlar juda koʻp. Hammamizda kuniga 24 soat borligi tufayli, unday insonlar barcha imkoniyatlardan faqat oʻzigina foydalanishga jismonan ulgurishmaydi. Shuning uchun bunday imkoniyatlarni boshqalarga berishni hohlashadi. Boshqalarga bergan imkoniyatlari natijasini koʻrish esa ular uchun eng zavqli hissiyotlardan biri.
Bunday insonlar eʻtiboriga qanday tushish mumkin? Ulardan maslahat olishga erishish uchun nimalar qilish kerak? Qanday xatolarga yoʻlq qoʻymaslik kerak? Bu savollarga quyida ayrim javoblar bor.
Mentorlik darajasidagi insonlar nimalarni yoqtirishadi?
Mentorlik darajasidagi insonlarga yoqadigan narsalar yuqoridagilar teskarisi. Undan tashqari quyidagi hislatlarni shakllantirgan insonlarni hurmat qilishadi va yordam berishga harakat qilishadi.
- Qattiq mehnat qiluvchi insonlarni. Ular qattiq mehnat qiluvchi insonlarni sezishadi. Mehnatkash insonlar suhbatidan, harakatidan, fikrlashidan, eng muhimi oldiga qoʻygan maqsadlaridan bilinib turishadi. Biror masalaga yechim topishda yoki biror maqsadga erishishda siz qoʻlingizdan kelgan barcha ishlarni qilganingizni, sizdagi bor imkoniyatlardan foydalanganingizni va mentor yordamisiz oldinga siljiy olmasligingizni koʻrsata olsangiz, unday odamlar bajonidil yordam berishga tayyor. Chunki juda koʻp mentorlar aynan sizda oʻzining yoshligini va boshidan oʻtkazgan qiyinchiliklarini koʻrishadi.
- Unday insonlarning sizga va boshqalarga aynan mentorlik orqali qanchalik yordam berayotganliklarini aytish va buni amalda koʻrsata olish. Oʻzining mehnati natijasini koʻrish mentor uchun katta zavq va motivatsiya beradi. Mentor uchun siz tufayli fahr his qilishi oliy tuygʻu.
- Savol bilan murojaat etayotgan insonlarni mentorlik darajasidagi inson haqida yetarli maʻlumot olganliklari. Mentorlik qilishga qodir insonlar haqida odatda yoki internetda yoki jamiyatda yetarlicha maʻlumot boʻladi. Ana shunda siz u insonning qadriyatlari, qiziqishlari va shaxsiyati haqida maʻlumotga ega boʻlasiz. Bu esa sizga birinchi oʻrinda u inson haqiqatdan ham mentorlik qilishga arziydimi degan savolga javob topasiz, ikkinchidan savollaringizni u inson qadriyatlariga moslagan holatda shakllantira olasiz.
- Murojaat etishdan avval oʻzingizni mentor oʻrniga qoʻyib koʻring. Siz qaysidir sohada tajribangiz bor va sizdan yoshroq boʻlgan biror inson yordam soʻramoqchi. Sizga qanday savollar berishsa chin dildan yordam berishga harakat qilasizu, qanday odamlarga yordam bergingiz kelmaydi. Ana shu haqida oʻylab koʻrish kerak.
Mentorlik darajasiga erishgan insonlarga nima yoqmaydi?
- Ular vaqtini behuda sarflayotganingizni his qilishlari. Agar ana shunday his paydo boʻlsa imkon qadar sizdan tezroq qutulishga harakat qilishadi yoki umuman javob berishmaydi. Vaqtini behuda sarflayotganimni qayerdan bilaman degan savol boʻlishi tabiiy. Umumiy javob quyidagicha: «Agar siz berayotgan savolga Google orqali javob topish mumkin boʻlsa, demak siz u inson vaqtini oʻgʻirlashga harakat qilyapsiz. Natija bitta. Sizga yordam berishdan koʻra, sizdan tezroq qutulishga harakat qilishadi.»
- Aniq va obdon oʻylab berilmagan savollar yoqmaydi. Biror masalada atroflicha oʻylab koʻrib, keraklicha maʻlumot qidirib, bir fikrga kelmasdan turib beriladigan chala-chulpa savollar yoqmaydi. Bunday savollar berish orqali chuqurroq yoki kengroq oʻylay olmasligingizni koʻrsatadi. Bunday savollar berilishi mentorlik darajasidagi insonda «Bu odam men beradigan maslahatga tayyor emas» degan xulosa shakllanishiga sabab boʻladi.
- Uzoq davom etadigan suhbatlar yoki uzun yozishmalar. Aytib oʻtganimizdek bunday insonlar vaqti juda ziq. Koʻp vaqt oladigan har qanday yumushdan, ayniqsa bu yumush unga qanchalik foydali ekanligini bilmaydigan boʻlsa unga vaqt sarflagisi kelmaydi. Shuning uchun imkon qadar maqsadga tez oʻtib, suhbatni qisqa va loʻnda qilish kerak. Shaxsan men mentorlarimga 6 qatordan koʻp boʻlgan email yozmayman va odatda 5 minutdan koʻp vaqtini olmaslikka harakat qilaman. Koʻp holatlarda ular uzun yozib javob qaytarishadi yoki menga oʻzlari telefon qilib kamida 15-30 minut suhbat qurishadi. Agar suhbat uzoqroq vaqt talab etadigan boʻlsa biror joyda uchrashishga taklif etishadi.
- Mentorlik darajasidagi insonlar eng yoqtirmaydigan xislatlardan biri bu savol berayotgan insonning dangasa ekanligini koʻrishlari. Dangasalik belgilari berilayotgan savollarni Googledan qidirmaganliklari, kerakli maʻlumotni topishga harakat qilmaganliklari, savolini chuqurroq oʻylamaganliklari va hokazo kabilarda namoyon boʻladi.
- Hech qachon birinchi marta koʻrishganda yoki internet orqali «menga ustoz boʻling yoki menga mentorlik qiling» deb soʻramang. Bu birinchi marta koʻrib turgan odamga yoki internetda koʻrmagan lekin siz hurmat qiladigan, oʻz sohasida muvaffaqiyatli odamga «Keling birga turmush quramiz. Shunga nima deysiz?» deyish bilan barobar.
Ular orqali kimlar bilandir tanishmoqchi ekanligingiz yoki ular nomidan foydalanib oMentorlik darajasiga erishgan insonlarga nima yoqmaydi?

- Ular nomini ishlatib oʻz ishingizni bitirmoqchi ekanligingiz yoki ular orqali boshqa birov bilan tanishmoqchi ekanligingiz. Qoʻpol qilib aytganda ular nomini sotish orqali maqsadingizga erishmoqchi ekanligingiz.
- Sizda eshitish qobiliyati yoʻq ekanligi. Sizga javob berayotgan inson nima deyayotganini tushunmasligingiz. Tushunmaslik ayb emas, lekin tushunmaganlikni tan olib savol soʻramaslik ayb. Tushunmagan holda javob berayotgan inson gapini boʻlish, hali birinchi savolga javob berib tugatishini kutmay turib, ustiga yana savol berish.
- Faqat sizga yordam kerak boʻlgandagina bogʻlanish va vaqtini olishingizni yoqtirishmaydi. Biror yordam olish uchun hech boʻlmaganda yordam taklif etish kerak. Mentorda siz taklif etayotgan yordamga hech qanday ehtiyoj boʻlmasligi mumkin, lekin bu xislat sizni boshqalardan ajratib turadi.
Bu post Eric Barker tomonidan yozilgan «Barking Up The Wrong Tree» kitobini oʻqish jarayonida kelgan fikrlarga asoslangan holda yozildi.
Bek Olimjon,
02.02.2020, Oslo
August 20, 2020 at 14:58
Assalomu alaykum Olimjon aka post juda ham ajoyib o’zimga kerakli bo’lgan ajoyib ma’lumotlarga ega bo’ldim sizdan yangi maqolalarni kutib qolaman.
March 29, 2022 at 09:18
Raxmat sizga juda ham ajoyib ma‘lumodlarga ega bo‘ldim. Buni barcha bilan o‘rtoqlashganizdan juda ham hursandman.
October 19, 2022 at 20:25
Assalawma aleykum ! Ájayip maǵlıwmatlarıńız ushın shin kewilden raxmet.
December 7, 2022 at 13:48
Judda ham zo’r qoyil. Katta savob qilyabsiz. Balki butun O’zbekistonimizni 180 gradusga o’zgartirib yuboradigan insonni rivojlanishiga hissa qo’shyotgandirsiz.(har qalay maqsadim shunaqa 😉