Koʻpchiligimizda huddi vaqt yetmayotgandek, kundalik qilishimiz kerak boʻlgan ishlarga ulgurmayotgandek his qilishimiz tabiiy hol. Deyarli har kuni shu ahvol. Lekin insonni hayron qoldiradigan narsa shuki, eng band boʻlishi kerak boʻlgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan odamlar odatda hamma narsaga ulgurishadi. Avvallari bunga qanday erishish mumkin degan savolni koʻp berar edim. Kitoblar o’qish orqali shuni o’rgandimki, hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarda takror va takror uchraydigan ayrim hislatlar bor ekan. Ana shunday hislatlardan biri bu kundalik tutish ekan. Har kuni bajarilishi zarur boʻlgan yumushlarni yozib chiqish va har bir bajarilgan ishni belgilab borish zarur ekan. Kundalik tutishni eng muhim qismi bu kun ohirida oʻtkan kunni tahlil qilish, qaysi yumushlar bajarildi, qaysilari qolib ketdi va nega degan savollarga javob berish ekan.
Men ana shunday kundalik tutishni boshlaganimga ancha boʻlgan. Har doim ham muntazam ravishda tutilmagan. Orada telefonda ham ishlatib koʻrdim, lekin men uchun eng samaralisi bu qogʻozdagisi ekan. Rasmda meni kundaligimdan bir misol. Unda har bir kun yumushlar bilan toʻla koʻrinsada, ayrim ishlar bajarilmay qolgan boʻlsada, ancha-muncha narsaga erishilganini koʻrish mumkin. Kun ohirida oʻtirib buni tahlil qilish, kunni besamara oʻtmaganligidan dalolat beradi va ertangi kun uchun gʻayrat bagʻishlaydi. Bu kundalik tutishni 10 tadan 1 ta foydasi ekan xolos aslida. Har kunni samarali oʻtishini taʻminlovchi oddiy lekin juda muhim odatni oʻrganganimdan hursandman. 😊
©Bek Olimjon, 28.03.2019, Norvegiya
June 21, 2021 at 18:27
Fikrlar uchun rahmat.