Kecha bir startup yangi yil bazmida hozirgi zamon mezoni bo’yicha muvaffaqiyatli hisoblangan bir nechta insonlar bilan suhbatlashish imkoni bo’ldi. Ular barchasi moliyaviy jihatdan aaancha muvaffaqiyatli. Karyerasini qurgan, biznesni qilgan va hozir investor sifatidagi odamlar. Biri bank sohasida, yana biri IT, biri stomatolog, oftalmolog, programmist va hok.

Shu insonlardan ikkitasi bilan ancha suhbatlashdim va juda ko’p narsa o’rgandim. Unday odamlar mana buni qil deb aytmaydi, ammo yaxshilab eshitsangiz ko’p narsa o’rganish mumkin. O’rganganlarimdan ayrimlari:

  • erkinligingni cheklovchi ishlardan qoch
  • oilani birinchi o’ringa qo’y
  • pulni ortidan quvlama, muammolar ortidan quv. Muammo bor joyda pul bor
  • hamkorlar tanlash muhim. Agar aqlli, ishonchli va shitobli odamlar sening qadriyatlaringga ma’qul kelsa nima qilsang qil, ularni qo’yib yuborma
  • har doim va hammaga yaxshi muomalada bo’l. Tashqi ko’rinishga qarab baho berish pastkashlik
  • eshitishni o’rgan, yaxshilab quloq solsang qalbidagi nolasini sezasan va shu orqali aloqalar qurish mumkin
  • hamma narsani bilaman deyish boshingga kulfat olib keladi. Biliming va malakang bo’lmagan sohada doim o’quvchi vazifasini tanla
  • hamkorlar bilan fikrlaringda farqlar bo’lishi tabiiy, muhimi maqsad yaqin bo’lishi. Bir xillik har doim ham yaxshi emas
  • pul topishni maqsad qilganlar hammasi ham shaytoniy emas

Bek Olimjon
01.12.23
Norvegiya

PS. Oilani birinchi o’ringa qo’yish kerak deganda, hammasini tashlab qo’yib oila qurish kerak degani emas, balki karyerang va oilang tursa oilani tanla ma’nosida. Erta uylanish kerak ekan deb juda yoqib tushganlar bo’lishi mumkin izohlarda 😁