Oxirgi postda Youtubedagi Oftalmolog Uz kanali haqida yozgan edim. Shunda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan bir tanishim yozipti. ”Prosmotrlar juda ozku” deb. 

Yoshligimda dadam aytgan maqol bilan javob bersam tushunmadi. 

Dadam gapi bor edi: ”Bolam, yaxshilik qil, suvga tashla, bilsa baliq, bilmasa xoliq” der edi. O’zim ham buni 25 yoshimdan keyin tushunganman 😁 

Dadam gapining ma’nosi haqida post oxirida. Avval 1% tushunchasi haqida gaplashamiz

Men Oftalmolog Uz kanaliga qo’yadigan videolar bu dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ishlatiladigan zamonaviy oftalmologiya haqidagi ma’lumotlarni o’zbek tilidagisi. Bu ma’lumotlarga tayyor bo’lgan auditoriya katta emasligini tabiiy. Ammo yo’q ham emasligi quvonali xolat. Shuning uchun men video ostida 100 ta prosmotr bo’lsa ham hursand bo’laveraman. 

Nega? Sababi 1% da

Aytaylik bir kasallikni davolash haqida bir video qo’ydim va u 100 ta odam prosmotriga ega bo’ldi. Shular ichida 2 tagina shifokor (2%) videodan bilim oldi. Aytaylik Ikkitadan bittasi bilim olgan bo’lsada u bilimni amaliyotida qo’llamadi. Qishlaqchasiga aytganda ”qotib” qolganlardan. O’zgarishi qiyin. Ammo ikkinchisi oftalmologiyaga endi kirib kelayotganlardan. Yoshi 30 ga yaqinlashmoqda. 

Ana shu hali 30 ga kirmagani hech bo’lmaganda yana 30 yil bemor ko’radi. Har yil 365 kunning 250 kunida bemor ko’radi deylik. Har kuni kamida 10 ta bemor ko’radi deylik. 250 kunda 2500 ta bemor ko’radi. 2500 ta bemor 1% qismi 250 ta bo’ladi. 1% tushunchasiga asoslansak nazariy jihatdan 250 x 30 yil = 7500 ta bemor ana shu ozginagina, 100 donagiga prosmotrga ega bo’lgan bitta 20 daqiqalik videodan manfaat olishi mumkin. 

Uzoq muddatli ishlar muhim. Yaxshilikni ariqqa oqizish muhim. Baliq bilishi muhim emas. 

Bek Olimjon

29.11.23

Norvegiya osmonida