Yaqinda yangi ishga o’tdim. Norvegiyada Akershus universitet klinikasiga katta oftalmolog konsultant (ing. senior consultant, nor. overlege, nem. Oberarzt) ishiga taklif etishdi.

Ko’p o’ylab o’tirmadim va taklifni qabul qildim. Avvalgi ishlayotgan klinikamdagi ishni 50% ga qisqartirgan holda yangi ishni qabul qildim.

Bu yurtlarda davlat klinikalari xususiylarga nisbatan kamroq maosh to’laydi, shunday bo’lsada xususiydagi ish o’rniga buni qabul qildim.

Sababi oddiy – o’zgarish muhim.

Inson o’zi turgan vaziyatni o’zgartirmasa rivojlanmaydi.

Rivojlanish uchun komfort zonadan chiqish zarur.

O’zgarishdan boshqa hech narsa doimiy emas.

O’zgarishlar oldini olib bo’lmaydigan hodisalar, rivojlanish esa bizning tanlovimiz.

O’zgarmay turib maqsadlarga erishib bo’lmaydi.

O’zgarish oson emas, miya va tana uni hohlamaydi. Ammo o’zgarish zarur.

Qiyinchiliklarsiz rivojlanish bo’lmaydi.

Bir joyda qotib qolmaslik uchun o’zgarish muhim.

Rivojlanish uchun avval fikrlar o’zgarishi kerak.

Bek Olimjon
08.04.23
Norvegiya