Bugun Shvetsiya gazetalarida bir xabar tarqaldi. Unga ko’ra Shvetsiyaning g’arbiy qismida joylashga bir kichik shaharda 71 yoshli amaki qor kurayotgan vaqtida yuragi yomon bo’lib yiqilib tushadi. Haligi amaki hudoga yoqadigan ishlar ko’p qilgan shekilli, shu payt uni yiqilib tushganini Mustafo Ali degan bir inson ko’rib qoladi. Taqdirni qarangki Mustafo kasbi shifokor ekan va tungi navbatchilikka ketayotgan ekan. Birinchi yordam berish qoidasiga ko’ra yurakni massaj qilish bilan birgalikda inson atrofdagilarga xabar berishi va kimdandir 112 telefoniga qo’ng’iroq qilishi shart. Agar atrofda hech kim bo’lmasa massaj qilish vaqtida o’zi qilishi kerak. 

Amakini uyida qor kurayotgan emasmidi, xotini yugurib chiqadi va Mustafo aytganini qilib 112 ga qo’ng’iroq qiladi. Mustafo tez yordam markazi bilan gaplashadi va vaziyatni tezda tushuntiradi. Oradan uch daqiqa o’tmasdan osmondan vertolyot ovozi eshitiladi, lekin uni ovozi vertolyotnikidan ancha past edi. Mustafo tepaga qarasa katta dron nimadir olib kepti. Yaxshilab qarasa ”qayta tiriltirish” uchun ishlatiladigan apparat – defibrilyator ekan. Mustafo haligini ulaydi va amaki hayotini saqlab qoladi.

Defibrilyator yurak xurujida o’z vaqtida ishlatsa bemor hayotini saqlab qolsihda juda katta ahamiyatga ega. Bunday holatda har bir daqiqa muhim. 

Aytishlaricha bunday dron xizmati hozir test rejimida ekan va hozirgacha real bemorlarga 12 marta jo’natishipti. Aksar holatlarda tez yordam mashinasidan oldin yetib kelgan. 

Kecha o’yinchoq deb qaralgan uskuna bugun insonlar hayotini saqlab qolyapti. Har qanday texnologiyani ijobiy jihatidan foydalansa bo’ladi.