Men ingliz tili o’rganishni 2004-yili boshlagandim. U payt tibbiyot institutida 2-kursda o’qir edim. IELTS imtihonini esa 2008-yili topshirgan edim. O’sha payt o’zim uchun IELTSga tayyorlanish strategiyasini tuzib chiqib, deyarli mustaqil o’rgangan edim va birinchi martadayoq 7 ball olgan edim.

U strategiyani keyin ko’pchilik qo’lladi va foyda olgani haqida ko’p aytishdi. Hozir ular katta odamlar bo’lib ketishgan 😁

Ana o’sha strategiyani sizlar bilan ham o’rtoqlashmoqchiman. Ancha oldin Youtube kanalimda ham qo’ygan edim.Agar siz IELTSga tayyorlanayotgan bo’lsangiz 20 daqiqa vaqtingizni ajratishni o’ylab ko’ring. Agar siz tanigan kimgadir kerak bo’lsa, ularga yuboring. Balki foydasi tegar.

2007-yildan beri texnologiya ancha rivojlandi va videodagi manbaalar eskiroqdek tuyulishi mumkin. Videodagi ma’lumotlarga asoslanib, o’zingiz uchun strategiya ishlab chiqishingiz mumkin.

Video mana bu yerda: