Kecha Tokyodagi olimpiadada triatlon sporti bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Triatlon 3 turdagi sportdan iborat bo’lib, unda suzish, velosiped va yugurish kiradi. Turli masofalari mavjud va olimpik masofasi 1,5km suzish, 40km velosiped va 10km yugurishdan iborat.
Kecha norveg triatleti Kristian Blummenfelt oltin medalni oldi. U marraga yetib kelganda shu darajada charchagan ediki, ichgan suviyu yegan ovqatlarini qusib yubordi va oyog’ida yura olmaydigan holatda bo’lgani uchun aravada olib chiqib ketishdi.
Olimpiadada oltin olishni o’zi bu juda katta yutuq. Unga erishish uchun necha yillab mehnat qilgani aniq. Ammo haqiqiy hayron qolarli qismi ohirgi ikkita rasmda. U oltin uchun bo’lgan musobaqa tugagandan 10 soat o’tmasdan, jamoasi bilan yana mashq qilishga qaytishipti. U olimpiadada oltin medal oldim deb hech bo’lmasa 3 kun dam olayam demapti.
Uning jamoadoshi Gustav Iden bu mashq ustida quyidagi izohni qoldiripti: “Erta bugundan boshlanadi”.




Leave a Reply