Oftalmologga beriladigan eng koʻp savollardan biri bu miopiya (uzoqni yaxshi koʻra olmaslik, koʻzda “minus borligi”) davosi haqida boʻlsa kerak. Ana shunday savollarning 95% qismiga javob quyidagicha:
Miopiyani
- dori
- tomchi dori
- koʻz mashqlari
- vitamin
- quvvat dori
- chet el dorisi
- tabib dorisi
- ko´z atrofiga ukol qilish
- chakka qismiga ukol qilish
- fizioterapiya
- koʻz oynak taqmaslik
- “trinajor achki”
- dam solish
- “apparatga qatnab davolanish”
- uylanish
- qoʻy yogʻi
- isiriq va hokazolar bilan davolab bo´lmaydi.
Qolgan 5% qismiga javob quyidagicha:
- Agar koʻrish xira boʻlsa mutahassisga borib tekshirtirish kerak.
- Tiniq koʻrish uchun koʻzoynak yoki kontakt linza taqish mumkin (albatta obdon tekshiruvdan keyin).
- Agar maqsad koʻzoynak yoki linzadan qutulish boʻlsa, unda lazer yordamida jarrohlik amaliyotini qilsa boʻladi. Bu usul hammaga ham toʻgʻri kelavermaydi. Toʻgʻri kelish-kelmasligini aniqlash uchun oʻsha lazer jarrohiga borish kerak.
January 15, 2020 at 22:04
Assalomu alaykum BekOlimjon aka
Lazer qaysi holatlarda to’g’ri kelmaydi.
Iloji bo’lsa lazer haqidayam bir matn qiling. Plyus va minuslari bilan.
Kottakon rahmat.